Asosiy qismga o'tish
Andrey Kononov

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Andrey Kononov

Olim

Turkiyshunos, akademik, filologiya fanlari doktori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979).

Faoliyat:
Olim, Filolog, Sharqshunos
Hayot yillari:
27 oktabr 1906(80 yosh) ♏ — 30 oktabr 1986

Biografiya

Andrey Nikolayevich Kononov — turkiyshunos olim, akademik, filologiya fanlari doktori, professor. U 1906-yilda Sankt-Peterburgda tugʻilgan va 1986-yilda Leningradda vafot etgan.

Leningrad sharq tillari institutini 1930-yilda tugatgan, keyinchalik shu institutda oʻqituvchi, 1950-yildan professor boʻlib ishlagan. Ikkinchi jahon urushi yillarida (1943—1945) Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot institutida hamda Oʻrta Osiyo universitetida mehnat qilgan.

Tadqiqotlari turkiy tillarni oʻrganish va sharqshunoslik tarixiga bagʻishlangan. «Oʻzbek tili grammatikasi» (1948, 1960), «Hozirgi oʻzbek adabiy tilida koʻmakchilar» (1951), «Hozirgi turk adabiy tilining grammatikasi» (1955) kabi asarlari bor; «Mahbubul-qulub» va «Shajarayi tarokima» asarlari matnini nashrga tayyorlagan, V. M. Jirmunskiy bilan «Kitobi dadam Qoʻrqut»ni (1962) chop ettirgan.

1979-yilda unga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi unvoni berilgan.

Mukofotlar

Hayot yo'li

  1. 1930
    Leningrad sharq tillari institutini tugatdi

    Leningrad sharq tillari institutini tugatdi

  2. 1932—1938
    shu institutda oʻqituvchi

    shu institutda oʻqituvchi

  3. 1943—1945
    Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti va Oʻrta Osiyo universi

    Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti va Oʻrta Osiyo universitetida

  4. 1950
    professor

    professor

  5. 1961—1963
    Sharqshunoslik instituti Leningrad boʻlimi direktori

    Sharqshunoslik instituti Leningrad boʻlimi direktori

  6. 1974
    akademik

    akademik

  7. 1979
    Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi

    Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi

Xato topdingizmi?

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Tuzatish taklif qilish