Asosiy qismga o'tish

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Boris Kamenev

Rassom

Teatr rassomi, Oʻzbekistonda (1957) va Qoraqalpogʻistonda (1944) xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi.

Faoliyat:
Rassom
Haqiqiy ismi:
Boris Dmitriyevich Kamenev
Hayot yillari:
7 iyul 1912 ♋ — 1957

Biografiya

Boris Dmitriyevich Kamenev — teatr rassomi. U 1912-yil 7-iyulda Orenburgda tugʻilgan, 1957-yilda Nukusda vafot etgan. 1920-yillardan Toʻrtkoʻl shahrida yashagan.

1933-yildan Qoraqalpoq davlat teatrida rassom, 1943-yildan bosh rassom boʻlib ishlagan va qoraqalpoq teatrining shakllanishiga hissa qoʻshgan. Spektakl ruhiga mos muhitni yorqin va aniq, maishiy hayotni real aks ettirgan dekoratsiyalar yaratishga intilgan. «Suymaganga suykanma» (1945, yangi varianti 1956), «Amudaryo sohilida» (1949), «Amerika ovozi» (1950), «Berdaq» (1951), «Oʻgʻirlangan baxt» (1954), «Oshiq Gʻarib» (1955) kabi spektakllarni bezagan.

Akademik Sh. Musayev (1950), baxshi J. Shomuratov (1953) va shoir Berdaq (1957) portretlarini yaratgan. Qoraqalpogʻistonda (1944) va Oʻzbekistonda (1957) xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1967).

Karyera

Mukofotlar

Hayot yo'li

  1. 1912
    Tugʻilishi

    7-iyulda Orenburgda tugʻilgan.

  2. 1933
    Qoraqalpoq davlat teatrida

    Qoraqalpoq davlat teatrida rassom boʻlib ishlay boshlagan.

  3. 1943
    Bosh rassom

    Teatrning bosh rassomi etib tayinlangan.

  4. 1944
    Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi

    Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi unvoni berilgan.

  5. 1951
    «Berdaq» spektakli

    «Berdaq» spektaklini bezagan.

  6. 1957
    Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi

    «Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi» unvoni berilgan; shu yili Nukusda vafot etgan.

  7. 1967
    Berdaq nomidagi Davlat mukofoti

    Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati boʻlgan.

Xato topdingizmi?

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Tuzatish taklif qilish
Boris Kamenev (1912–1957) — Rassom | Shaxs.uz