Asosiy qismga o'tish

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Georgiy Koshevnikov

Olim

Muhandis-konstruktor, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi, texnika fanlari doktori, professor.

Faoliyat:
Olim
Hayot yillari:
13 aprel 1904(71 yosh) ♈ — 15 iyul 1975

Biografiya

Georgiy Antonovich Koshevnikov — muhandis-konstruktor. U 1904-yil 13-aprelda Belorussiyaning Slopim shahrida tugʻilgan, 1975-yil 15-iyulda Toshkentda vafot etgan.

1930-yilda Oʻrta Osiyo paxtachilik-irrigatsiya politexnika institutini bitirgan. 1930—1939-yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodida bosh texnolog, bosh konstruktor va bosh muhandis boʻlib ishlagan. Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida mexanizmlar nazariyasi va mashina detallari kafedrasini boshqargan. 1955-yilda texnika fanlari doktori va professor unvonini olgan; Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasida mexanizatsiya va elektrlashtirish boʻlimining akademik-kotibi, haqiqiy aʼzosi (1957—1961) boʻlgan, 1968-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi etib saylangan.

U qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini va qishloq xoʻjaligi mashinasozligini mexanizatsiyalash maktabini yaratgan.

1964-yilda unga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi unvoni berilgan.

Hayot yo'li

  1. 1930
    Oʻrta Osiyo paxtachilik-irrigatsiya politexnika institutini bitirdi

    Oʻrta Osiyo paxtachilik-irrigatsiya politexnika institutini bitirdi

  2. 1930—1939
    Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodida bosh texnolog, bosh konstrukt

    Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodida bosh texnolog, bosh konstruktor, bosh muhandis

  3. 1955
    texnika fanlari doktori, professor

    texnika fanlari doktori, professor

  4. 1957—1961
    Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzosi

    Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzosi

  5. 1964
    Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi

    Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi

  6. 1968
    Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi

    Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi

Xato topdingizmi?

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Tuzatish taklif qilish
Georgiy Koshevnikov (1904–1975) — Olim | Shaxs.uz