Biografiya
Grigoriy Kim — teatr rejissyori va rassomi. U 1916-yil 22-avgustda tug'ilgan, 1976-yil 18-oktabrda Toshkentda vafot etgan. 1951-yilda Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini tamomlagan.
1939—1947-yillarda Toshkent viloyat Koreys musiqali teatrining bosh rassomi bo'lgan. 1951—1954-yillarda Andijon musiqali drama teatrida rejissyor, 1954—1960-yillarda Janubiy Saxalin koreys teatrida, 1960—1965 va 1968—1972-yillarda Namangan, 1965—1968-yillarda Surxondaryo teatrlarida bosh rejissyor bo'lgan. 1972—1976-yillarda O'zbek davlat filarmoniyasi qoshidagi «Kayagim» (1984-yildan «Chinchun») koreys ashula va raqs ansamblining badiiy rahbari bo'lgan.
Eng yaxshi spektakllari: «38-parallel janubrog'ida», «Revizor», «Momaqaldiroq», «Tayfun», «Toshbolta oshiq», «Yoshlikda bergan ko'ngil», «O'liklar kechirmaydi», «Ufq». 1967-yilda unga O'zbekiston SSR san'at arbobi unvoni berilgan.
Karyera
- Namangan musiqali drama va komediya teatriBosh rejissyor · Namangan · 1960–1972
- Andijon musiqali drama teatriRejissyor · Andijon · 1951–1954
Mukofotlar
- O'zbekiston SSR san'at arbobi1967 · O'zbekiston SSR
Hayot yo'li
- 1916Tug'ilishi
22-avgustda tug'ilgan.
- 1939Koreys musiqali teatri
Toshkent viloyat Koreys musiqali teatrining bosh rassomi (1947-yilgacha).
- 1951Institutni bitirishi
Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini tamomlagan; Andijon musiqali drama teatrida rejissyor (1954-yilgacha).
- 1954Janubiy Saxalin
Janubiy Saxalin koreys teatrida ishlagan (1960-yilgacha).
- 1960Namangan teatri
Namangan teatrida bosh rejissyor (1965-yilgacha, keyin 1968—1972).
- 1965Surxondaryo teatri
Surxondaryo teatrida bosh rejissyor (1968-yilgacha).
- 1967San'at arbobi unvoni
O'zbekiston SSR san'at arbobi unvoni berilgan.
- 1972«Kayagim» ansambli
O'zbek davlat filarmoniyasi qoshidagi koreys ashula va raqs ansamblining badiiy rahbari (1976-yilgacha).
- 1976Vafoti
18-oktabrda Toshkentda vafot etgan.