Asosiy qismga o'tish
Gulxatiysha Ayimbetova

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Gulxatiysha Ayimbetova

Xonanda · 64 yosh · Qoraqalpog'iston

Qoraqalpoq xonandasi, «Ayqulash» davlat milliy folklor ansamblining vokal artisti; O'zbekiston xalq artisti (2000).

Faoliyat:
Xonanda, Xalq qo'shiqchisi
Haqiqiy ismi:
Gulxatsha Aymanovna Ayimbetova
Tug'ilgan:
24 dekabr 1961(64 yosh) ♑
Tug'ilgan joy:
Taxtako'pir tumani, Qoraqalpog'iston
  • O'zbekiston xalq artisti
  • O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist
  • "El-yurt hurmati" ordeni

Biografiya

Gulxatiysha Ayimbetova 1961-yil 24-dekabrda Qoraqalpog'istonning Taxtako'pir tumanida tug'ilgan. 1983-yilda J. Shomurotov nomidagi Nukus davlat san'at bilim yurtini «vokalist» mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan.

1980–1981-yillarda Berdaq nomidagi Qoraqalpog'iston davlat filarmoniyasi qoshidagi «Oyqulash» ansamblida, 1981-yildan «Amu to'lqini» ansamblida xonanda bo'lib ishlagan. Hozirda Qoraqalpoq davlat milliy folklor «Ayqulash» ansamblining vokal artisti. Jarangdor, keng diapazonli ovozi bilan ajralib turadi; repertuaridan qoraqalpoq xalq qo'shiqlari («Musa sen yori», «Nozlining», «Jaqsiraq», «Ne bilsin» va boshqalar) hamda N. Muhammeddinovning «Keng dala», «Ota makon», Q. Xilalovning «Vatan», «Ona tuprog'im», «O'zbekiston» kabi qo'shiqlari o'rin olgan. Qo'shiqlarining aksariyati Qoraqalpoq radiosi fonotekasiga va «Gulxatsha Ayimbetova kuylaydi» (1982) gramplastinkasiga yozib olingan.

U 1988-yilda Qoraqalpog'iston, 1993-yilda O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, 1999-yilda Qoraqalpog'iston xalq artisti, 2000-yilda O'zbekiston xalq artisti unvonlariga sazovor bo'lgan; 2025-yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan. 2020-yil yanvaridan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kenesi deputati.

Karyera

Mukofotlar

Hayot yo'li

  1. 1961
    Tug'ilishi

    24-dekabrda Taxtako'pir tumanida tug'ilgan.

  2. 1980
    «Oyqulash» ansambli

    Berdaq nomidagi Qoraqalpog'iston davlat filarmoniyasi qoshidagi «Oyqulash» ansamblida xonanda.

  3. 1981
    «Amu to'lqini» ansambli

    «Amu to'lqini» ansamblida xonanda bo'lib ishlay boshlagan.

  4. 1982
    Gramplastinka

    «Gulxatsha Ayimbetova kuylaydi» gramplastinkasi yozib olingan.

  5. 1983
    Nukus san'at bilim yurti

    J. Shomurotov nomidagi Nukus davlat san'at bilim yurtini «vokalist» mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan.

  6. 1988
    Qoraqalpog'iston xizmat ko'rsatgan artisti

    Qoraqalpog'istonning xizmat ko'rsatgan artisti unvoni berilgan.

  7. 1993
    O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist

    O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist unvoni berilgan.

  8. 1999
    Qoraqalpog'iston xalq artisti

    Qoraqalpog'iston xalq artisti unvoni berilgan.

  9. 2000
    O'zbekiston xalq artisti

    O'zbekiston xalq artisti unvoni berilgan.

  10. 2020
    Jo'qorg'i Kenes deputati

    Yanvardan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kenesining VI chaqiriq deputati.

  11. 2025
    «El-yurt hurmati» ordeni

    «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.

Xato topdingizmi?

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Tuzatish taklif qilish
Gulxatiysha Ayimbetova biografiyasi (1961) — Xonanda | Shaxs.uz