Biografiya
Jondor Tulenov — faylasuf olim, falsafa fanlari doktori (1962), professor (1963). U 1928-yil 1-dekabrda hozirgi Janubiy Qozog'iston viloyatining Sayram tumanida tug'ilgan, 2002-yil 29-dekabrda Toshkentda vafot etgan.
1971—72-yillarda Toshkent davlat universiteti huzuridagi oliy o'quv yurtlari ijtimoiy fanlar o'qituvchilarining malakasini oshirish institutida professor bo'lgan. 1972-yildan Toshkent pedagogika instituti falsafa kafedrasi mudiri, 1977—85-yillarda shu institutning ilmiy ishlar bo'yicha prorektori edi.
Ilmiy ishlari dialektika, bilish nazariyasi va ijtimoiy falsafa masalalariga bag'ishlangan. «Hayot falsafasi» (1993), «Qadriyatlar falsafasi» (1997), «Ma'naviyatimizning hayotbaxsh qudrati» (1999), «Falsafiy madaniyat va ma'naviy kamolot» (2000), «Dialektika nazariyasi» (2001) asarlari muallifi.
2000-yilda O'zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi etib saylangan. Xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1978), Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati (1981), «Shuhrat» medali sohibi (1994).
Karyera
- O'zbekiston Fanlar akademiyasiAkademik · Toshkent · 2000–…
Mukofotlar
«Shuhrat» medali1994 · O'zbekiston- O'zbekiston SSR fan arbobi1978 · O'zbekiston SSR
Beruniy nomidagi O'zbekiston SSR Davlat mukofoti1981 · O'zbekiston SSR
Hayot yo'li
- 1928Tug'ilishi
1-dekabrda Sayram tumanida tug'ilgan.
- 1962Doktorlik darajasi
Falsafa fanlari doktori darajasini olgan (professor — 1963).
- 1972Falsafa kafedrasi mudiri
Toshkent pedagogika institutida falsafa kafedrasiga rahbarlik qilgan.
- 1977Prorektor
1985-yilgacha institutning ilmiy ishlar bo'yicha prorektori.
- 2000Akademik
O'zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi etib saylangan.
- 2002Vafoti
29-dekabrda Toshkentda vafot etgan.