Mardonqul Avliyoqul o'g'li
Sherobod dostonchilik maktabi vakili, Surxondaryolik xalq dostonchisi; Sherna Beknazar o'g'lining shogirdi.
Ma'lumot:
- Faoliyat:
- Xonanda, Xalq qo'shiqchisi
- Hayot yillari:
- 1886 — 1966
- Tug'ilgan joy:
- Sherobod tumani, Surxondaryo
Biografiya
Mardonqul Avliyoqul o'g'li 1886-yilda Buxoro amirligining Sherobod bekligida tug'ilgan, 1966-yilda Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida vafot etgan o'zbek xalq dostonchisi. Sherobod dostonchilik maktabining vakili.
Otasi mohir do'mbirachi bo'lgan. Ustozi Sherna Beknazar o'g'lidan 20 dan ortiq xalq dostonini o'rgangan va el orasida kuylab yurgan. Kolxozda brigada boshlig'i, qishloq kengashi raisi bo'lib ishlagan.
Undan «Alpomish», «Ollonazar Olchinbek», «Zayidqul», «Oltin qovoq» kabi dostonlar yozib olingan.
Hayot yo'li
- 1886Tug'ilishi
Sherobod bekligida tug'ilgan.
- 1966Vafoti
Sherobod tumanida vafot etgan.
Xato topdingizmi?Tuzatish taklif qilish