Mixail Orlov
Tuproqshunos olim, professor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1944).
- Faoliyat:
- Olim, Yer fanlari olimi
- Haqiqiy ismi:
- Mixail Aleksandrovich Orlov
- Hayot yillari:
- 1888 — 5 aprel 1972
Biografiya
Mixail Aleksandrovich Orlov — tuproqshunos olim, professor (1949). U 1888-yilda Moskvada tugʻilgan, 1972-yil 5-aprelda Toshkentda vafot etgan. 1912-yilda Moskva universitetini tamomlagan.
Oʻrta Osiyo universiteti tuproqshunoslik kafedrasida dotsent (1920–1935), keyin mudir (1935–1962) boʻlgan. Uning rahbarligi va ishtirokida Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari, Qoraqalpogʻiston va Pomirning tabiiy sharoiti va tuproqlari oʻrganilgan, 200 dan ortiq xoʻjalikning tuproq xaritasi tuzilib, ishlab chiqarishga joriy etilgan. Oʻrta Osiyodagi qadimdan sugʻoriladigan vohalarning madaniy tuproqlari xususiyatlarini oʻrganib, ularning birinchi tasnifini ishlab chiqqan. «Pomir tuproqlari haqida» (1937), «Serozyomlar va voha-madaniy tuproqlar haqida» (1937), «Tuproq tasnifining yangi asoslari» (1947) asarlari muallifi.
1944-yilda unga «Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi» unvoni berilgan.
Ta'lim
- Moskva davlat universitetiOliygoh · 1912
Karyera
- Turkiston davlat universitetiTuproqshunoslik kafedrasi mudiri · Toshkent · 1920–1962hozirgi nomi — O'zbekiston Milliy universiteti
Mukofotlar
- O'zbekiston SSR fan arbobi1944 · O'zbekiston SSR
Hayot yo'li
- 1888Tugʻilishi
Moskvada tugʻilgan.
- 1912Universitetni tamomlashi
Moskva universitetini tamomlagan.
- 1920Oʻrta Osiyo universitetida
Tuproqshunoslik kafedrasi dotsenti (1935-yilgacha).
- 1935Kafedra mudiri
Tuproqshunoslik kafedrasi mudiri (1962-yilgacha).
- 1944Faxriy unvon
«Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi» unvoni berilgan.
- 1947Tuproq tasnifi
«Tuproq tasnifining yangi asoslari» asari nashr etilgan.
- 1949Professor
Professor unvoni berilgan.
- 1972Vafoti
5-aprelda Toshkentda vafot etgan.