Nafisa Mamadiyorova
Raqqosa va aktrisa: «Tutash taqdirlar» serialida Ra'no rolini ijro etgan.
Ma'lumot:
- Faoliyat:
- Aktrisa, Kino aktyori
Biografiya
Nafisa Mamadiyorova — raqqosa va aktrisa. Farg'ona davlat san'at bilim yurtini tamomlagan, O'zbekiston Qurolli Kuchlari ansamblida raqqosa bo'lib ishlagan. Rejissyor Zamira Begimqulova shu yerda kasting o'tkazib, uni «Tutash taqdirlar» serialidagi raqqosa Ra'no roliga tanlagan.
Serialdan keyin kam suratga tushgan: turmush qurgach, oilaviy sabablarga ko'ra yangi takliflardan voz kechgan. Hozir ham raqs ansambli bilan, asosan gastrollarda raqsga tushadi. Farzandlari ulg'aygani uchun kino takliflarini ko'rib chiqishi mumkinligini aytgan.
Filmografiya
| Nomi | Yil |
|---|---|
| Tutash taqdirlar | 2009 |
