Biografiya
Sobir Rahmetov — o'zbek rangtasvir ustasi. 1952-yil 19-dekabrda Chimkentda tug'ilgan. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini (1973) va Sankt-Peterburgdagi Repin nomidagi rangtasvir, haykaltaroshlik va me'morlik institutini (1979) tamomlagan.
1979-yildan Toshkent san'at institutining rangtasvir kafedrasida o'qituvchi, 2003-yildan dotsent. Ijodida yorqin ranglar keng qo'llanadi, manzara inson ma'naviyati va ichki kechinmalarini ifodalash vositasiga aylanadi. «Shoir G'afur G'ulom» (1986), «Haykaltarosh Azamat» (1987), «Bastakor Yunus Rajabiy» (1996), «Sulton Ahmad Mirzo» (2000) kabi portretlar, «Layli va Majnun» (1998), «Boysun» (1999), «Alpomish» (2002), «Xumson» (2002) kabi kompozitsiyalar muallifi.
Respublika va xalqaro ko'rgazmalar ishtirokchisi; asarlari Angliya, AQSH, Yaponiya, Turkiya, Germaniya muzeylarida va xususiy to'plamlarda saqlanadi. 2000-yilda O'zbekiston xalq rassomi unvoni, 2003-yilda O'zbekiston Badiiyot akademiyasi akademigi nomi berilgan.
Ta'lim
- P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtiKollej, texnikum · Toshkent · 1973
Karyera
- O'zbekiston Badiiyot akademiyasiAkademik · Toshkent · 2003–hozirgacha
Mukofotlar
O'zbekiston xalq rassomi2000 · O'zbekiston
Hayot yo'li
- 1952Chimkentda tug'ildi
- 1973Benkov nomidagi rassomlik bilim yurtini tamomladi
- 1979Repin nomidagi institutni tamomladi
Toshkent san'at institutida o'qituvchilik boshladi
- 1986«Shoir G'afur G'ulom» portreti
- 1998«Layli va Majnun» kompozitsiyasi
- 2000O'zbekiston xalq rassomi unvoni berildi
- 2003O'zbekiston Badiiyot akademiyasi akademigi; dotsent