Tilash Xo'jamberdiyev
O'zbekiston xalq artisti (1998), changchi sozanda va bastakor.
- Faoliyat:
- Musiqachi, Kompozitor
- Hayot yillari:
- 1938 — 2001
- Tug'ilgan joy:
- Bo'stonliq tumani, Toshkent viloyati
Biografiya
Tilash Xo'jamberdiyev — o'zbek sozandasi (chang) va bastakori. U 1938-yilda Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumani Sijjak qishlog'ida tug'ilgan. 1964-yilda Toshkent konservatoriyasini tamomlagan.
1961-yildan O'zteleradiokompaniyasi huzuridagi Doni Zokirov nomli xalq cholg'ulari orkestrida sozanda bo'lib ishladi, 1974-yildan xalq cholg'u ansambliga rahbarlik qildi. Repertuaridan o'zbek xalq kuylari, bastakorlarning asarlari o'rin olgan; chang uchun «Chang taronalari», «Sabolar aytdi», «Shodiyona», «Sarvigul», «Navro'z navosi» kabi asarlar yaratgan.
Viloyatlarda turli ansambllar, jumladan Farg'ona viloyatida «Rayhon» ashula va raqs ansamblini tashkil etgan. Belarus, Rossiya, Estoniya, Qozog'iston va Tojikistonda gastrolda bo'lgan. 1998-yilda unga O'zbekiston xalq artisti unvoni berilgan.
Ta'lim
- O'zbekiston davlat konservatoriyasiOliygoh · 1964
Karyera
- Государственный комитет Совета министров Узбекской ССР по телевидению и радиовещанию (с 1978 — Гостелерадио Узбекской ССР)Sozanda, ansambl rahbari · Toshkent · 1961–…hozirgi nomi — O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi
Mukofotlar
O'zbekiston xalq artisti1998 · O'zbekiston
Hayot yo'li
- 1938Tug'ilishi
Bo'stonliq tumani Sijjak qishlog'ida tug'ilgan.
- 1961O'zteleradiokompaniyasi orkestrida
Doni Zokirov nomli xalq cholg'ulari orkestri sozandasi bo'lgan.
- 1964Konservatoriyani tamomlashi
Toshkent konservatoriyasini tugatgan.
- 1974Ansambl rahbari
Xalq cholg'u ansambliga rahbar bo'lgan.
- 1998Xalq artisti unvoni
O'zbekiston xalq artisti unvoni berilgan.