
Biografiya
Usto Mo'min — rangtasvir ustasi va grafik rassom Aleksandr Vasilyevich Nikolayevning taxallusi. U 1897-yil 30-avgustda Voronejda tug'ilgan va 1957-yil 27-iyunda Toshkentda vafot etgan. 1916—1918-yillarda Moskvadagi Bichkuri rassomlik studiyasida hamda erkin ustaxonalarda o'qigan, 1920-yildan O'zbekistonda yashagan.
Asarlarining ko'pini levkasga tempera usulida ishlagan. Ijodining ma'lum davrida miniatyura san'ati ta'sirida «Kuyov», «Sallali yigit», «Bedanabozlar» kabi asarlar yaratgan. Uning rasmiga aniqlik va tugallanganlik, yumshoq chiziqlar va jonli shakllar xos: «Bahor» (1924), «Boy» (1932), «Xo'ja Nasriddin bozorda», «Uyg'ur raqsi» (1944).
Abdulla Qodiriyning «Obid ketmon» (1935) asarini va boshqa kitoblarni bezagan; «Pravda Vostoka» va «Qizil O'zbekiston» gazetalari hamda «Mushtum» jurnalida rasm va karikaturalari bilan qatnashgan, plakatlar chizgan. 1950-yilda unga O'zbekiston SSR san'at arbobi unvoni berilgan.
Karyera
- «Mushtum» jurnaliRassom
- «Pravda Vostoka» gazetasiRassom · Toshkent
Mukofotlar
- O'zbekiston SSR san'at arbobi1950 · O'zbekiston SSR
Hayot yo'li
- 1897Tug'ilishi
30-avgustda Voronejda tug'ilgan.
- 1916Moskvada ta'lim
1916—1918-yillarda Bichkuri rassomlik studiyasida o'qigan.
- 1920O'zbekistonga ko'chishi
O'zbekistonda yashay boshlagan.
- 1924«Bahor» asari
«Bahor» asarini yaratgan.
- 1935«Obid ketmon» bezagi
Abdulla Qodiriyning «Obid ketmon» asarini bezagan.
- 1944«Uyg'ur raqsi»
«Uyg'ur raqsi» asarini yaratgan.
- 1950San'at arbobi unvoni
O'zbekiston SSR san'at arbobi unvoni berilgan.
- 1957Vafoti
27-iyunda Toshkentda vafot etgan.