Biografiya
Vasiliy Larsev — adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori (1970), professor (1973). 1925-yilda Qozogʻistonning Semipalatinsk viloyatida tugʻilgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1943—1945). Oʻzbekiston Davlat universitetini 1952-yilda tugatgan.
Shu universitetda fakultet dekani oʻrinbosari, dekani (1956—1963) va rus adabiyoti kafedrasi mudiri boʻlgan; Samarqanddagi rus adabiyotshunoslik maktabining asoschilaridan biri hisoblanadi.
Oʻzbek adabiyoti, adiblari va ularning rus yozuvchilari bilan oʻzaro aloqalari, adabiy taʼsiri masalalariga bagʻishlangan asarlar («Zarafshon qoʻshiqlari», «Adabiy Samarqand», «Fan va oʻzbek poeziyasi» va boshqalar) yozgan; 1982-yilda «Bahorni qarshilab» sheʼrlar toʻplami nashr etilgan. 1977-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi unvoni berilgan. 1989-yil 9-dekabrda Samarqandda vafot etgan.
Ta'lim
- Samarqand davlat universitetiOliygoh · Samarqand · 1952
Mukofotlar
- O'zbekiston SSR san'at arbobi1977 · O'zbekiston SSR
Hayot yo'li
- 1925Tugʻilishi
Qozogʻistonning Semipalatinsk viloyatida tugʻilgan.
- 1943Urush yillari
1943—1945-yillarda Ikkinchi jahon urushida qatnashgan.
- 1952Universitetni tugatishi
Oʻzbekiston Davlat universitetini tamomlagan.
- 1956Fakultet dekani
1956—1963-yillarda fakultet dekani oʻrinbosari va dekani; rus adabiyoti kafedrasi mudiri.
- 1970Fan doktori
Filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.
- 1973Professor
Professor unvonini olgan.
- 1977Sanʼat arbobi unvoni
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi unvoni berilgan.
- 1982«Bahorni qarshilab»
Sheʼrlar toʻplami nashr etilgan.
- 1989Vafoti
9-dekabrda Samarqandda vafot etgan.