Asosiy qismga o'tish

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Viktor Kovda

Olim

Tuproqshunos olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1943), Jahon tuproq xaritasi rahbarlaridan biri.

Faoliyat:
Olim, Yer fanlari olimi
Hayot yillari:
29 dekabr 1904(86 yosh) ♑ — 23 oktabr 1991

Biografiya

Viktor Abramovich Kovda — tuproqshunos olim. U 1904-yil 29-dekabrda Vladikavkazda tugʻilgan, 1991-yil 23-oktabrda Moskvada vafot etgan. 1927-yilda Krasnodar qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan.

1931–1939-yillarda V. V. Dokuchayev nomidagi Tuproqshunoslik institutida shoʻrlangan tuproqlar laboratoriyasi mudiri boʻlgan, 1939-yildan Moskva universiteti professori, 1953–1991-yillarda tuproqshunoslik kafedrasi mudiri. 1941–1942-yillarda SSSR Fanlar akademiyasi Oʻzbekiston filiali Botanika va tuproqshunoslik institutiga rahbarlik qilgan; 1958–1965-yillarda Parijda YUNESKOning aniq va tabiiy fanlar departamenti direktori, 1970–1980-yillarda Agrokimyo va tuproqshunoslik instituti direktori boʻlgan.

Tadqiqotlari Rossiya, Xitoy va Lotin Amerikasi tuproqlari, shoʻrlangan tuproqlarning kelib chiqishi, geografiyasi va melioratsiyasi, yer osti suvlaridagi tuz tarkibining shakllanishi masalalariga bagʻishlangan. Uning rahbarligida «Jahon tuproq xaritasi» nashr etilgan (1979). 1943-yilda unga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi unvoni berilgan.

Hayot yo'li

  1. 1927
    Institutni tugatdi

    Krasnodar qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan.

  2. 1931
    Laboratoriya mudiri

    Dokuchayev nomidagi Tuproqshunoslik institutida shoʻrlangan tuproqlar laboratoriyasini boshqargan (1931–1939).

  3. 1939
    Moskva universiteti professori

    1953–1991-yillarda tuproqshunoslik kafedrasi mudiri.

  4. 1941
    Oʻzbekistondagi institut direktori

    Botanika va tuproqshunoslik institutiga rahbarlik qilgan (1941–1942).

  5. 1943
    Faxriy unvon

    Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi unvoni berilgan.

  6. 1958
    YUNESKOda

    Parijda YUNESKOning aniq va tabiiy fanlar departamenti direktori (1958–1965).

  7. 1979
    Jahon tuproq xaritasi

    Uning rahbarligida «Jahon tuproq xaritasi» nashr etilgan.

  8. 1991
    Vafoti

    23-oktabrda Moskvada vafot etgan.

Xato topdingizmi?

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Tuzatish taklif qilish
Viktor Kovda biografiyasi (1904–1991) — Olim | Shaxs.uz