Xristofor Kushvaryov
Arman kompozitori, musiqashunos va pedagog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1943).
Biografiya
Xristofor Kushvaryov — kompozitor, musiqashunos va pedagog, professor. 1890-yil 4-iyunda Simferopolda tugʻilgan. Petrograd universiteti (1916) va Leningrad konservatoriyasini (1925) tamomlagan.
Tiflis musiqa instituti va konservatoriyasida (1921—1923), keyin Leningrad konservatoriyasida (1925—1960) garmoniya, polifoniya va kompozitsiyadan dars bergan. 1944—1949-yillarda Armaniston Fanlar akademiyasining musiqa tarixi va nazariyasi boʻlimida ilmiy xodim va mudir boʻlgan, arman musiqa merosini tadqiq qilgan.
Organ va violonchel uchun asarlar, arman xalq kuylari asosida xorlar, spektakllarga musiqalar yaratgan. 1941—1943-yillarda Oʻzbekistonda yashab, Toʻychi hofiz Toshmuhamedov, Olim Komilov ijodini oʻrgangan, oʻzbek raqslari usullari haqida maqolalar yozgan; M. Leviyev, T. Sodiqov, M. Burhonov va boshqa oʻzbek kompozitorlarining ustozi boʻlgan. Armaniston (1939) va Oʻzbekistonda (1943) xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi unvoniga sazovor boʻlgan. 1960-yil 25-yanvarda Leningradda vafot etgan.
Ta'lim
Mukofotlar
- O'zbekiston SSR san'at arbobi1943 · O'zbekiston SSR
Hayot yo'li
- 1890Tugʻilishi
4-iyunda Simferopolda tugʻilgan.
- 1916Petrograd universiteti
Petrograd universitetini tamomlagan.
- 1925Leningrad konservatoriyasi
Leningrad konservatoriyasini tamomlab, shu yerda dars bera boshlagan.
- 1939Armaniston sanʼat arbobi
Armanistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi va professor unvonini olgan.
- 1943Oʻzbekiston sanʼat arbobi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi unvoni berilgan; 1941—1943-yillarda Oʻzbekistonda yashagan.
- 1944Armaniston Fanlar akademiyasi
1944—1949-yillarda musiqa tarixi va nazariyasi boʻlimida ilmiy xodim va mudir.
- 1960Vafoti
25-yanvarda Leningradda vafot etgan.