Asosiy qismga o'tish

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Zilola Xo'janiyozova

Yozuvchi · 53 yosh

Shoira, jurnalist va muharrir; «Yuragimda bir gul o'sadi», «Dil shevasi» kabi she'riy to'plamlar muallifi, 2002 yildan Yozuvchilar uyushmasi a'zosi (1973 yilda tug'ilgan).

Faoliyat:
Yozuvchi, Shoira
Tug'ilgan:
16 iyun 1973(53 yosh) ♊

Biografiya

Zilola Xo'janiyozova 1973-yil 16-iyunda tug'ilgan. Qarshi davlat universitetining filologiya fakultetida, so'ng O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan. 2002-yildan O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi.

U «Yuragimda bir gul o'sadi», «Dil shevasi», «Ko'ngilga yo'l», «Hulvo» (Turkiyada), «So'g'inch shivirlari», «Aksioma» va «Kel, ey do'st» (Ozarbayjonda) nomli she'riy kitoblar hamda bir qancha ilmiy-publitsistik risolalar muallifi.

Mehnat faoliyatini Davlat boshqaruvi akademiyasida, Davlat mulk qo'mitasi nashrida davom ettirgan, hozirda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi qoshidagi «Milliy standart» jurnalida bosh muharrir. Ijod namunalari respublika va xorijiy matbuotda yuzdan ortiq marta e'lon qilingan.

Karyera

Xato topdingizmi?

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Tuzatish taklif qilish
Zilola Xo'janiyozova (1973) — Yozuvchi | Shaxs.uz