Film
Ikki soldat qissasi (1976)
- Yil
- 1976
- Bosh rollarda
- Rustam Sagdullayev, Baxtiyor Ixtiyorov
Tez orada bu yerda filmni qayerda tomosha qilish mumkinligi ko‘rsatiladi.
«Ikki soldat qissasi» — Ikkinchi jahon urushi voqealariga bagʻishlangan, «Oʻzbekfilm» va bolgar kinostudiyasi hamkorligida suratga olingan film; rejissyori Zagid Sobitov, ssenariy mualliflari Nikolay Figurovskiy va Ulmas Umarbekov. 1943-yilda nemis asirligidan Bolgariyaga qochgan katta serjant Maqsudov va aloqachi Zokirov taqdiri turlicha boʻladi: Zokirov qamoqqa tushadi, Maqsudov esa taʼqibchilardan qutulib bolgar partizanlariga qoʻshiladi. Bolgariya ozod boʻlgach, ikkovi uchrashadi va Qizil Armiya safida kurashni davom ettiradi. Film 1976-yilda tayyorlangan, 1977-yilda Oʻzbekiston davlat mukofotiga sazovor boʻlgan.