Abdushukur Xonazarov
Olim · 87 yosh · Toshkent viloyati
O'zbek o'rmonshunos olimi, qishloq xo'jaligi fanlari doktori, professor; O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1989), O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi raisi bo'lgan (1991–2000).
- Faoliyat:
- Olim
- Tug'ilgan:
- 1 mart 1939(87 yosh) ♓
- Tug'ilgan joy:
- Bo'stonliq tumani, Toshkent viloyati
Biografiya
Abdushukur Abduxalilovich Xonazarov 1939-yil 1-martda Bo'stonliq tumanining Soyliq qishlog'ida tug'ilgan. O'rmonshunos muhandis olim, qishloq xo'jaligi fanlari doktori (1984), professor (1995), O'zbekiston Qishloq xo'jaligi fanlari akademiyasi akademigi (1991). 1962-yilda Toshkent qishloq xo'jaligi institutini tamomlagan.
O'rta Osiyo o'rmon xo'jaligi ilmiy-tadqiqot institutida kichik va katta ilmiy xodim, tog' melioratsiyasi bo'limi mudiri (1968–1985; 1978–1979-yillarda Afg'onistonda o'rmon xo'jaligi bo'yicha maslahatchi), institut direktori (1985–1990) bo'lgan. «O'zbekO'rmon» ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori (1990–1991), O'zbekiston Respublikasi O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi raisi (1991–2000), O'zbekiston o'rmon xo'jaligi instituti direktori (2001–2004) lavozimlarida ishlagan. 2004-yil dekabrdan Qishloq va suv xo'jaligi vaziri o'rinbosari — qishloq xo'jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori; 1995-yildan Toshkent agrar universitetida o'rmonchilik va o'rmon melioratsiyasi kafedrasi mudiri.
Ilmiy ishlari tog' yonbag'rlarida tuproq eroziyasi, sel hodisalari va ularga qarshi kurash, o'rmon melioratsiyasi, yong'oq mevali va tez o'suvchi daraxtlar plantatsiyalari hamda ekologiya masalalariga bag'ishlangan. «O'rmonshunoslik» (2001), «O'zbekistonda o'rmonzorlar barpo qilish asoslari» (2002), «Ihota daraxtzorlari va dehqonchilik» (2002) kabi darslik va qo'llanmalar muallifi.
Mukofotlar
- O'zbekiston SSR fan arbobi1989 · O'zbekiston SSR
Hayot yo'li
- 1939Tug'ilishi
1-martda Bo'stonliq tumanida tug'ilgan.
- 1962Institutni tamomlashi
Toshkent qishloq xo'jaligi institutini tamomlagan.
- 1968Ilmiy-tadqiqot instituti
O'rta Osiyo o'rmon xo'jaligi ilmiy-tadqiqot institutida ishlay boshlagan.
- 1984Fan doktori
Qishloq xo'jaligi fanlari doktori darajasini olgan.
- 1985Institut direktori
1990-yilgacha o'rmon xo'jaligi institutining direktori.
- 1989Xizmat ko'rsatgan fan arbobi
Unvon berilgan.
- 1991O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi raisi
2000-yilgacha qo'mita raisi; shu yili akademik bo'lgan.
- 1995Professor
Professor unvoni; Toshkent agrar universitetida kafedra mudiri.
- 2001O'rmon xo'jaligi instituti
2004-yilgacha O'zbekiston o'rmon xo'jaligi instituti direktori.
- 2004Vazir o'rinbosari
Dekabrdan Qishloq va suv xo'jaligi vaziri o'rinbosari.