Asosiy qismga o'tish

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Akmaljon Ikromjonov

Rassom · 74 yosh · Toshkent

Rangtasvir ustasi, O'zbekiston Badiiyot akademiyasi akademigi, O'zbekiston xalq rassomi (1998), professor.

Faoliyat:
Rassom
Haqiqiy ismi:
Akmaljon To'rayevich Ikromjonov
Tug'ilgan:
20 aprel 1952(74 yosh) ♉
Tug'ilgan joy:
Toshkent
  • O'zbekiston xalq rassomi
  • Hamza nomidagi O'zbekiston SSR Davlat mukofoti

Biografiya

Akmaljon Ikromjonov — rangtasvir ustasi. U 1952-yil 20-aprelda Toshkentda tug'ilgan. 1971-yilda Respublika rassomlik bilim yurtini, 1971–1977-yillarda Sankt-Peterburgdagi I. Repin nomidagi rassomlik, haykaltaroshlik va me'morlik institutini tugatgan.

1977–1982-yillarda Mannon Uyg'ur nomidagi san'at institutida (hozirgi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti) dars bergan, 1990-yildan professor. 1997-yilda O'zbekiston Badiiyot akademiyasi akademigi etib saylangan, 1998-yilda unga xalq rassomi unvoni berilgan.

Dastlabki asarlarida salobat va ulug'vorlik ko'zga tashlanadi; 1980-yillarning ikkinchi yarmidan vatandoshlari qiyofasi va ruhiy dunyosini, tabiat, tarixiy shaxslar va ijtimoiy mavzularni umumlashma, ramziy makonda tasvirlagan: «Surxondaryo zamini» (1985), «Alisher Navoiy», «Kamoliddin Behzod» (1988), «Mirzo Ulug'bek portreti» (1994), natyurmortlar. «Zamin navolari» triptixi, «Chaqmoq» va «Orol — mening dardim» asarlari uchun 1990-yilda Hamza nomidagi O'zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo'lgan. Uning haqida «Akmal» telefilmi yaratilgan (1999); asarlari muzeylar va shaxsiy to'plamlarda saqlanadi.

Ta'lim

Karyera

Mukofotlar

Hayot yo'li

  1. 1952
    Tug'ilishi

    20-aprelda Toshkentda tug'ilgan.

  2. 1977
    Institutni tugatgan, pedagogik ish

    Repin nomidagi institutni tugatib, san'at institutida dars bergan (1977–1982).

  3. 1990
    Hamza nomidagi Davlat mukofoti

    «Zamin navolari», «Chaqmoq» va «Orol — mening dardim» asarlari uchun mukofotlangan; shu yildan professor.

  4. 1997
    Akademik

    O'zbekiston Badiiyot akademiyasi akademigi etib saylangan.

  5. 1998
    Xalq rassomi unvoni

    «O'zbekiston xalq rassomi» unvoni berilgan.

Xato topdingizmi?

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Tuzatish taklif qilish
Akmaljon Ikromjonov (1952) — Rassom | Shaxs.uz