Biografiya
Aron Shalomayev — yozuvchi, dramaturg va pedagog. U 1917-yil 20-oktyabrda Buxoroda tug'ilgan. 1934-yilda Toshkentdagi o'qituvchilar uyini tugatgan va XX asrning 30-yillaridan yozuvchilik faoliyatini boshlagan.
Uning ilk pyesasi «Oqibat» bo'lgan. «Ona mehri», «Ardoqli Vatan», «Halollik», «Qon sachragan chinor», «Buxoro fojiasi», «Alisher Navoiy», «Ahmad Donish», «Ibn Sino», «Oltin qafas ichra», «Umar Xayyom», «Iztirob», «Qalb nidosi», «Gardishi davron» asarlarining deyarli barchasi respublika teatrlarida sahnalashtirilgan. Keyingi yillarda «Amnun va Tomor» hamda «Ester xamalka» asarlarini yaratgan.
Uzoq yillar Toshkentdagi 29- va 65-sonli maktablar hamda o'quvchilar saroyining direktori bo'lgan, Samarqand davlat buxoro-yahudiylari musiqali drama teatrining tashkilotchilaridan biri hisoblanadi. «Axaronnoma» («Xotiranoma») turkumidagi sakkizta kitob muallifi; Xanoy Tolmas bilan birga XIV—XX asrlar «Buxoro yahudiylarining adabiyoti» nomli ikki jildlik kitobni yozgan.
1987-yilda unga «O'zbekiston SSR san'at arbobi» faxriy unvoni berilgan. U 2004-yil 20-iyulda Isroilda vafot etgan.
Mukofotlar
- O'zbekiston SSR san'at arbobi1987 · O'zbekiston SSR
Hayot yo'li
- 1917Tug'ilishi
20-oktyabrda Buxoroda tug'ilgan.
- 1934Ta'limi
Toshkentdagi o'qituvchilar uyini tugatgan.
- 1930-yillarYozuvchilik faoliyati
Yozuvchilik faoliyatini boshlagan; ilk pyesasi «Oqibat».
- 1987San'at arbobi unvoni
«O'zbekiston SSR san'at arbobi» unvoni berilgan.
- 2004Vafoti
20-iyulda Isroilda vafot etgan.
Asarlar
- «Oqibat»
- «Ona mehri»
- «Ardoqli Vatan»
- «Halollik»
- «Qon sachragan chinor»
- «Buxoro fojiasi»
- «Alisher Navoiy»
- «Ahmad Donish»
- «Ibn Sino»
- «Oltin qafas ichra»
- «Umar Xayyom»
- «Iztirob»
- «Qalb nidosi»
- «Gardishi davron»
- «Amnun va Tomor»
- «Ester xamalka»
- «Axaronnoma» turkumi (8 kitob)
- «Buxoro yahudiylarining adabiyoti» (Xanoy Tolmas bilan, 2 jild)