Asosiy qismga o'tish

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Berdi baxshi

Xonanda · Toshkent viloyati

Piskent tumanidan xalq dostonchisi; undan «Alpomish» dostoni 1926-yilda yozib olingan.

Faoliyat:
Xonanda, Xalq qo'shiqchisi
Haqiqiy ismi:
Berdiyor Pirimqul o'g'li
Tug'ilgan joy:
Piskent tumani, Toshkent viloyati

Biografiya

Berdi baxshi (Berdiyor Pirimqul o'g'li) — o'zbek xalq dostonchisi. XIX asrning 2-yarmi va XX asrning 30-yillarida Toshkent viloyati Piskent tumani Evalak qishlog'ida yashagan.

Undan faqat «Alpomish» dostoni 1926-yilda yozib olingan; qo'lyozma O'zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutida saqlanadi. Doston mazmuni jihatidan boshqa variantlarga yaqin, badiiy shakli jihatidan esa ishqiy-romantik dostonlarga o'xshaydi. Uslubida lirizm, xalq qo'shiqlari va o'lanlari, samimiy yumor sezilib turadi.

Uning ijodi Ohangaron va Piskent atroflarida o'ziga xos dostonchilik maktabi bo'lganidan dalolat beradi.

Hayot yo'li

  1. 1926
    «Alpomish» yozib olindi

    Undan «Alpomish» dostoni yozib olingan.

Xato topdingizmi?

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Tuzatish taklif qilish