Teatr aktrisasi, dublyaj ustasi, O'zbekiston xalq artisti (2003).
- Faoliyat:
- Aktrisa, Dublyaj aktrisasi, Teatr aktrisasi
- Haqiqiy ismi:
- Dilbar Obidovna Ismoilova
- Tug'ilgan:
- 11 avgust 1938(88 yosh) ♌
- Tug'ilgan joy:
- Toshkent
Biografiya
Dilbar Ismoilova — o'zbek teatr aktrisasi va dublyaj ustasi. U 1938-yil 11-avgustda Toshkentda tug'ilgan, aktrisa Zaynab Sadriyevaning qizi. 1961-yilda Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini tamomlagan.
1958—1987-yillarda Hamza teatrida, 1987-yildan O'zbek davlat drama teatrida aktrisa. Sahnadagi ilk obrazi — Hamzaning «Xolisxon» spektaklidagi Zuhra.
Lirik va dramatik obrazlar yaratgan: Qamarabonu («Furqat»), Kamola («Gang daryosining qizi»), Guli («Alisher Navoiy»), Nuri («Qutlug' qon»), Margarita («Ajal minorasi»), Oyimjahon («Buxoro»), Lutfi («Kelinlar qo'zg'oloni»), Risolat («Qiyomat qarz»), Uvaysiy («Nodirabegim»), Xonzoda («Boy ila xizmatchi»), Bayla («Yulduzli tunlar»), Mastura satang («Paranji sirlari»), Gonerilya («Qirol Lir»).
«Ganga va Jamna», «Hur qizlar», «Anna Karenina», «Morena Klara», «Muhabbat qahvasi», «Gvadalaupe» kabi filmlarda bir necha qahramonga ovoz bergan. 1998-yilda «Do'stlik» ordeni bilan mukofotlangan, 2003-yilda O'zbekiston xalq artisti unvonini olgan.
Karyera
- Abror Hidoyatov nomidagi O'zbek davlat drama teatriAktrisa · Toshkent · 1987–…
Mukofotlar
O'zbekiston xalq artisti2003 · O'zbekiston
«Do'stlik» ordeni1998 · O'zbekiston
O'zbekiston SSRda xizmat ko'rsatgan artistO'zbekiston SSR
Hamza nomidagi O'zbekiston SSR Davlat mukofotiO'zbekiston SSR
Hayot yo'li
- 1938Tug'ilishi
11-avgustda Toshkentda tug'ilgan.
- 1958Hamza teatri
1987-yilgacha Hamza teatrida aktrisa.
- 1961Institutni tamomlashi
Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgan.
- 1987O'zbek davlat drama teatri
O'zbek davlat drama teatrida aktrisa.
- 1998«Do'stlik» ordeni
«Do'stlik» ordeni bilan mukofotlangan.
- 2003Xalq artisti unvoni
O'zbekiston xalq artisti unvoni berilgan.