Biografiya
Dmitriy Borisovich Ryabichev — haykaltarosh. 1926-yil 1-sentabrda Ukrainaning Malin shahrida tug'ilgan, 1995-yilda vafot etgan. Leningrad muhandislik-qurilish institutini (1949) va Moskva badiiy sanoat bilim yurtini (1954) tamomlagan.
Asosan monumental yodgorlik haykaltaroshligi sohasida ishlagan; asarlarida kompozitsion yaxlitlik, shakl ifodaliligi va ulug'vorlikka erishgan. Muallifi bo'lgan yodgorliklar: «Vladimir shahrining 850 yilligi» (bronza, 1959, Vladimir), «Oybek» (granit, 1971, Toshkent), «Jasorat» (1976, Toshkent), «Xalqlar do'stligi» (1982, Toshkent).
1964-yilda Hamza nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureati bo'lgan; 1976-yilda O'zbekiston, 1978-yilda Rossiya Federatsiyasi xalq rassomi unvonlari berilgan.
Mukofotlar
O'zbekiston SSR xalq rassomi1976 · O'zbekiston SSR
Hamza nomidagi O'zbekiston SSR Davlat mukofoti1964 · O'zbekiston SSR
Hayot yo'li
- 1926Malinda tug'ildi
- 1949Leningrad muhandislik-qurilish institutini tamomladi
- 1954Moskva badiiy sanoat bilim yurtini tamomladi
- 1959«Vladimir shahrining 850 yilligi» yodgorligi
- 1964Hamza nomidagi Davlat mukofoti
- 1971«Oybek» haykali, Toshkent
- 1976O'zbekiston xalq rassomi; «Jasorat» yodgorligi
- 1978Rossiya xalq rassomi unvoni
- 1982«Xalqlar do'stligi» yodgorligi, Toshkent
- 1995Vafot etdi
Xato topdingizmi?Tuzatish taklif qilish