Biografiya
Husni Rustamovich Rustamov — kimyogar olim. U 1910-yil 21-martda Toshkentda tug'ilgan. 1932-yilda O'rta Osiyo davlat universitetini tamomlagan. Kimyo fanlari doktori (1954), professor (1955), O'zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi (2000). 1941—1945-yillardagi urush ishtirokchisi.
1945—1986-yillarda Toshkent politexnika instituti fizik kimyo kafedrasi mudiri bo'lgan, 1987-yildan profkonsultant.
Asosiy ilmiy ishlari kislota-asos kataliz reaksiyalarining kinetikasi va mexanizmi hamda adsorbsiya jarayonlarini o'rganishga oid. Metallarni ekstraksiya va cho'ktirish yo'li bilan ajratish jarayonlarining muvozanati, kinetikasi va mexanizmini tekshirib, kobalt, nikel va volframni turli qo'shimchalardan tozalash va bir-biridan ajratish texnologiyalarini ishlab chiqqan.
Maktab va oliy o'quv yurtlari uchun kimyodan darslik va qo'llanmalar muallifi, jumladan «Fizik kimyo» (2000) va «Texnologik jarayonlarning fizik-kimyoviy asoslari» (2001). 1967-yilda «O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan va texnika arbobi» unvoni berilgan.
Ta'lim
- O'rta Osiyo davlat universitetiOliygoh · Toshkent · 1932hozirgi nomi — O'zbekiston Milliy universiteti
Karyera
- Среднеазиатский индустриальный институтFizik kimyo kafedrasi mudiri · Toshkent · 1945–1986hozirgi nomi — Toshkent davlat texnika universiteti
Hayot yo'li
- 1910Tug'ilishi
21-martda Toshkentda tug'ilgan.
- 1932Universitetni tamomlashi
O'rta Osiyo davlat universitetini tamomlagan.
- 1941Urush
1941—1945-yillardagi urush ishtirokchisi.
- 1945Kafedra mudiri
Toshkent politexnika instituti fizik kimyo kafedrasi mudiri (1986-yilgacha).
- 1954Fan doktori
Kimyo fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.
- 1955Professor
Professor unvonini olgan.
- 1967Fan va texnika arbobi
«O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan va texnika arbobi» unvoni berilgan.
- 1987Profkonsultant
Profkonsultant lavozimiga o'tgan.
- 2000Akademik
O'zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi etib saylangan.