
Yutuqlar
- 🥈Kumush medal, 57 kg gacha (J2)Parij-2024 Paralimpiya o'yinlari, para dzyudo (2024)
Biografiya
Kumushxon Xodjayeva — o'zbekistonlik para dzyudochi, J2 klassida (ko'rish qobiliyati cheklangan sportchilar) 57 kg gacha vazn toifasida bellashadi. U 1997-yil 20-iyulda Namangan viloyatining To'raqo'rg'on tumanida tug'ilgan.
2022-yildan O'zbekistonning para dzyudo bo'yicha terma jamoasi a'zosi. 2023-yilda jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgan va shu natija bilan Parij-2024 Paralimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan.
2024-yil 6-sentabrda Parijda yarim finalda ispaniyalik Marta Arse Paynoni mag'lub etdi, finalda esa yaponiyalik Junko Xirosega yutqazib, kumush medal sohibi bo'ldi.
Karyera
Hayot yo'li
- 2022O'zbekiston terma jamoasi
Para dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zosi.
- 2023Jahon chempionati
Para dzyudo bo'yicha jahon chempionatida kumush medal.
- 2024Parij Paralimpiya o'yinlari
57 kg gacha vazn toifasi, J2 klassi, kumush medal.