Asosiy qismga o'tish
Manzura Madaliyeva

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Manzura Madaliyeva

Pedagog · 79 yosh · Farg'ona

Qo'qon shahridagi 10-maktabning matematika o'qituvchisi, O'zbekiston Qahramoni (1997).

Faoliyat:
Pedagog
Tug'ilgan:
26 avgust 1947(79 yosh) ♍
Tug'ilgan joy:
Qo'qon, Farg'ona
  • O'zbekiston Qahramoni

Biografiya

Manzura Abdullayevna Madaliyeva — o'qituvchi, O'zbekiston Qahramoni. U 1947-yil 26-avgustda Farg'ona viloyatining Qo'qon shahrida tug'ilgan. Qo'qon pedagogika institutining matematika fakultetini tamomlagan (1970).

1970-yildan Qo'qon shahridagi 10-maktabda matematika o'qituvchisi bo'lib ishlagan va ta'limda o'ziga xos maktab yaratgan. Viloyatda birinchi bo'lib «Qiziqarli matematika kechasi»ni o'tkazgan; uning ssenariysi «Bilmasvoy matematika kechasida» nomi bilan O'zbekiston televideniyesida namoyish etilgan, shunga o'xshash ko'rsatuv Al-Xorazmiy tavalludining 1200 yilligiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy anjuman qatnashchilariga ham ko'rsatilgan.

1991-yilda uning tajribasi haqidagi «Sahnada matematika» kitobchasi nashr etilgan; u «Ko'pburchaklar tashkiloti va Ahmad» inssenirovkasining muallifi. 1997-yilda yoshlarga ta'lim va tarbiya berishdagi xizmatlari uchun unga «O'zbekiston Qahramoni» unvoni berilgan.

Ta'lim

Mukofotlar

Hayot yo'li

  1. 1947
    Tug'ilishi

    26-avgustda Qo'qonda tug'ilgan.

  2. 1970
    Qo'qondagi 10-maktab

    Pedagogika institutini tugatib, 10-maktabda matematika o'qituvchisi bo'lib ishlay boshlagan.

  3. 1991
    «Sahnada matematika»

    Tajribasi haqidagi kitobcha nashr etilgan.

  4. 1997
    O'zbekiston Qahramoni

    «O'zbekiston Qahramoni» unvoni berilgan.

Xato topdingizmi?

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Tuzatish taklif qilish