Asosiy qismga o'tish

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Narimon Murodxo'jayev

Olim · Toshkent

Onkolog-radiolog, O'zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), tibbiyot fanlari doktori, professor.

Faoliyat:
Olim, Shifokor
Haqiqiy ismi:
Narimon Qodirovich Murodxo'jayev
Hayot yillari:
17 iyun 1928(78 yosh) ♊ — 1 may 2007
Tug'ilgan joy:
Toshkent
  • O'zbekiston fan arbobi
  • "El-yurt hurmati" ordeni

Biografiya

Narimon Murodxo'jayev 1928-yil 17-iyunda Toshkentda tug'ilgan. 1951-yilda Toshkent tibbiyot institutini (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi) tamomlagan va 1955-yilgacha harbiy vrach bo'lgan.

1955—1963-yillarda Leningrad Harbiy tibbiyot akademiyasida rentgenradioterapiya bo'limiga rahbarlik qilgan. 1963-yildan O'zbekiston Rentgenologiya, radiologiya va onkologiya ilmiy-tadqiqot institutida ishlagan: radiologiya bo'limi mudiri, direktorning ilmiy ishlar bo'yicha o'rinbosari (1968—1973) va direktor (1977—2000). 1973-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi onkologiya kafedrasi mudiri, 2001-yildan professor-konsultant.

Asosiy ilmiy ishlari radiologiya, ichki a'zolardagi xavfli o'smalarni radioaktiv moddalar yordamida aniqlash va davolash hamda nur bilan davolashga oid. Tibbiyot fanlari doktori (1969), professor (1970), O'zbekiston fan arbobi (1992), 2000-yildan akademik; «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan (1998).

2007-yil 1-mayda vafot etgan.

Karyera

Mukofotlar

Hayot yo'li

  1. 1928
    Tug'ilishi

    17-iyunda Toshkentda tug'ilgan.

  2. 1951
    Institutni tamomlashi

    Toshkent tibbiyot institutini tamomlagan; 1955-yilgacha harbiy vrach.

  3. 1955
    Leningrad Harbiy tibbiyot akademiyasi

    Rentgenradioterapiya bo'limi boshlig'i (1955—1963).

  4. 1963
    Onkologiya institutida

    Rentgenologiya, radiologiya va onkologiya ilmiy-tadqiqot institutida radiologiya bo'limi mudiri; 1977—2000-yillarda direktor.

  5. 1973
    Onkologiya kafedrasi

    Toshkent tibbiyot akademiyasi onkologiya kafedrasi mudiri.

  6. 1992
    Fan arbobi unvoni

    O'zbekiston fan arbobi unvoni berilgan.

  7. 2000
    Akademik

    O'zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi etib saylangan.

Xato topdingizmi?

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Tuzatish taklif qilish