Ruslan Chagaev
Tuzatish taklif qilishMa'lumot:
Biografiya
Ruslan Chagayev 1978-yil 19-oktabrda Andijonda tug'ilgan. Havaskorlar orasida jahon chempionatlarida g'olib chiqqan va O'zbekiston terma jamoasida chiqish qilgan.
Professional ringga XXI asr boshida o'tgan. Chapaqay jangovar uslubi uchun «Oq Tayson» laqabini olgan.
2007-yil aprelida Nikolay Valuevni ochko hisobida yengib, WBA versiyasi bo'yicha og'ir vaznda jahon chempioni bo'ldi. Keyinchalik ham shu tashkilot kamarini qo'lga kiritgan.
U og'ir vaznda jahon chempionligiga erishgan birinchi o'zbekistonlik bokschi.