Biografiya
Sulton Otajonov — kulol, Oʻzbekiston xalq ustasi. 1937-yil 5-noyabrda Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida tugʻilgan. Taniqli sulolaviy kulollar avlodi davomchisi, Xorazm kulollik maktabining yirik namoyandalaridan biri.
Kulollik kasbini otasi Otajon Matyoqubov va usta Rahimberdi Matchonovdan oʻrgangan. Sopoldan bodiya, kosa, lagan va boshqa koʻplab idishlarning noyob namunalarini yaratgan, ishlarida oq angobdan unumli foydalanadi; binolarning devorlariga sopoldan namoyonlar ishlagan.
Respublika va xorijdagi hunarmandlik, xalq amaliy sanʼati koʻrgazma va yarmarkalarida qatnashgan, asarlari respublika hamda xorijiy muzey va kolleksiyalardan joy olgan. 1999-yilda «Oʻzbekiston xalq ustasi» unvoni berilgan.
Mukofotlar
O'zbekiston xalq ustasi1999 · O'zbekiston
Hayot yo'li
- 1937Tugʻilishi
5-noyabrda Xorazm viloyati Yangiariq tumanida tugʻilgan.
- 1999Xalq ustasi unvoni
«Oʻzbekiston xalq ustasi» unvoni berilgan.