Biografiya
Ulugʻbek Yunusovich Umarov 1958-yil 15-dekabrda Fargʻona shahrida tugʻilgan. Qoʻqon avtomobil yoʻllari texnikumini tamomlagan (2004).
Mehnat faoliyatini 1980-yilda «Fargʻona irrigatsiya qurilishi» trestining qurilish-montaj boshqarmasida ekskavator mashinisti sifatida boshlagan. Fargʻona avtomobil yoʻllaridan muntazam foydalanish boshqarmasida ekskavator va avtoskreper mashinisti (1983–2000), 2001-yildan esa shu boshqarmada mexanik boʻlib ishlaydi.
Respublikadagi muhim yoʻl qurilishi obʼyektlarida faol qatnashgan, koʻplab shogirdlar tayyorlagan. 1999-yil 25-avgustdagi farmon bilan unga Oʻzbekiston Qahramoni unvoni berilgan.
Mukofotlar
O'zbekiston Qahramoni1999 · O'zbekiston
Hayot yo'li
- 1958Tugʻilishi
15-dekabrda Fargʻona shahrida tugʻilgan.
- 1980Mehnat faoliyati boshlanishi
«Fargʻona irrigatsiya qurilishi» trestida ekskavator mashinisti boʻlib ishlay boshlagan.
- 1983Avtomobil yoʻllari boshqarmasi
Fargʻona avtomobil yoʻllaridan muntazam foydalanish boshqarmasida ekskavator va avtoskreper mashinisti boʻlgan (2000-yilgacha).
- 1999Oʻzbekiston Qahramoni
25-avgustdagi farmon bilan Oʻzbekiston Qahramoni unvoni berilgan.
- 2001Mexanik
Shu boshqarmada mexanik boʻlib ishlay boshlagan.