Biografiya
Umarqul Jo'raqulov — kulol, Samarqand kulolchilik maktabining yaratuvchisi. 1894-yilda Samarqandda tug'ilgan, hunarni otasi usta Jo'raqul Qobulovdan o'rgangan.
Sopol idishlar va badiiy buyumlar tayyorlagan; bo'rtma naqshlari bo'yab bezatilgan lagan, tovoq, kosa, o'rdak shaklidagi idishlar, ko'za va xushtak o'yinchoqlar yasab, kulollikning faqat Samarqandga xos uslubini yaratgan. 1930—1932-yillarda Samarqand hunarmandchilik sanoat texnikumida dars bergan, ko'plab shogird tayyorlagan.
Ishlagan buyumlari respublika va chet el muzeylarida saqlanadi. 1953-yilda unga O'zbekiston SSR xalq rassomi unvoni berilgan. 1973-yil 22-martda vafot etgan.
Mukofotlar
O'zbekiston SSR xalq rassomi1953 · O'zbekiston SSR
Hayot yo'li
- 1894Tug'ilishi
Samarqandda tug'ilgan.
- 1930Pedagogik faoliyat
Samarqand hunarmandchilik sanoat texnikumida dars bergan (1932-yilgacha).
- 1953Xalq rassomi unvoni
O'zbekiston SSR xalq rassomi unvoni berilgan.
- 1973Vafoti
22-martda vafot etgan.