Biografiya
Vasiliy Aleksandrovich Chirkin — teatr rejissyori. 1884-yil 12-avgustda Yekaterinburgda tug'ilgan. 1910-yilda Moskva filarmoniyasining drama sinfini tugatgan.
1910–1912-yillarda Moskva Kichik teatrida, 1917–1923-yillarda Moskva Harbiy teatrida ishlagan; 1924–1934-yillarda Ivanovo-Voznesensk, Kursk, Bryansk, Boku, Sverdlovsk va Qozon teatrlarida faoliyat yuritgan.
1934-yilda Toshkentga kelib, Rus teatri (hozirgi O'zbekiston rus akademik drama teatri) tashkilotchilaridan va birinchi badiiy rahbari bo'lgan. «Intervensiya», «Aristokratlar», «Tubanlikda», «Telba kun, yoki Figaroning uylanishi», «Otello», «Momaqaldiroq», «Vanyushin bolalari», «Pyotr I», «Boy ila xizmatchi» va Mannon Uyg'ur bilan hamkorlikda «Hamlet» spektakllarini sahnalashtirgan.
Uning rejissurasiga hayot haqiqatini yorqin teatr shakllari bilan uyg'unlashtirish va Vaxtangov uslubini singdirishga intilish xos. 1936-yilda unga «O'zbekiston SSR san'at arbobi» unvoni berilgan. 1940-yil 10-iyunda Toshkentda vafot etgan.
Karyera
- M. Gorkiy nomidagi Toshkent akademik drama teatriBirinchi badiiy rahbar · Toshkent · 1934–…
Mukofotlar
- O'zbekiston SSR san'at arbobi1936 · O'zbekiston SSR
Hayot yo'li
- 1884Tug'ilishi
12-avgustda Yekaterinburgda tug'ilgan.
- 1910Ta'lim
Moskva filarmoniyasining drama sinfini tugatgan.
- 1917Moskva Harbiy teatri
1923-yilgacha Moskva Harbiy teatrida ishlagan.
- 1934Toshkentga kelishi
Rus teatrining tashkilotchilaridan va birinchi badiiy rahbari bo'lgan.
- 1936Faxriy unvon
«O'zbekiston SSR san'at arbobi» unvoni berilgan.
- 1940Vafoti
10-iyunda Toshkentda vafot etgan.