Asosiy qismga o'tish

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Zikrilla Ne'mat

Yozuvchi · Buxoro

Shoir, 1961-yilda G'ijduvonda tug'ilgan; yigirmaga yaqin she'riy to'plam va bolalar kitoblari muallifi.

Faoliyat:
Yozuvchi, Shoir
Tug'ilgan:
1961
Tug'ilgan joy:
G'ijduvon tumani, Buxoro

Biografiya

Zikrilla Ne'mat 1961-yil 13-dekabrda Buxoro viloyatining G'ijduvon tumanida tug'ilgan. 1989-yilda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini, 2001-yilda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

1985-yildan ichki ishlar tizimida xizmat qildi: avval G'ijduvon tumani ichki ishlar bo'limida, keyin viloyat ichki ishlar boshqarmasida turli lavozimlarda ishladi. 2001–2007-yillarda Yong'in xavfsizligi oliy texnik maktabining ilmiy-tadqiqot va tahrir-nashriyot bo'limiga bosh muharrirlik qildi. 2013–2017-yillarda vazirlikning «Postda» va «Qalqon» gazetalari hamda ularning rus tilidagi nashrlari birlashgan tahririyatini boshqardi. 2022-yildan vazirlikning ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamentida katta inspektor.

2006-yildan O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi. She'riy to'plamlari 1993-yildan beri muntazam chop etilmoqda; «Ikkimizning yoniq ishqimiz», «Qaytar dunyo», «Ostonadan boshlanar Vatan», «Ezgulik o'lkasi», «Onam ekkan rayhonlar» shular jumlasidandir. Bolalar uchun ham kitoblar yozgan. Yuzga yaqin she'ri qo'shiq bo'lib yangragan.

Ta'lim

Karyera

Hayot yo'li

  1. 1961
    Tug'ilgan

    G'ijduvon tumani, Buxoro viloyati.

  2. 1985
    Ichki ishlar tizimida xizmat boshlandi

    G'ijduvon tumani ichki ishlar bo'limi.

  3. 1989
    Universitetni tamomladi

    Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakulteti.

  4. 2001
    Akademiyani tamomladi

    O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi.

  5. 2001–2007
    Bosh muharrir

    Yong'in xavfsizligi oliy texnik maktabining ilmiy-tadqiqot va tahrir-nashriyot bo'limi.

  6. 2006
    Yozuvchilar uyushmasiga a'zo bo'ldi

    O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi.

  7. 2013–2017
    Bosh muharrir

    «Postda» va «Qalqon» gazetalari birlashgan tahririyati.

  8. 2022
    Katta inspektor

    Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti.

Asarlar

  • «Ikkimizning yoniq ishqimiz» (1993)
  • «Yurtim navosi» (1997)
  • «Vatan va muhabbat» (1999)
  • «Qaytar dunyo» (2000)
  • «Ostonadan boshlanar Vatan» (2003)
  • «Muhabbatsiz yashab bo'lmas» (2004)
  • «Spitamenning so'nmas qo'shig'i» (2005)
  • «Muhabbat mehrobi» (2005)
  • «Sog'inch sarchashmasi» (2007)
  • «Ezgulik o'lkasi» (2009)
  • «Onam ekkan rayhonlar» (2011)
  • «Vatan haqida qo'shiqlar» (2012)
  • «Besh baho olgan kunim» (2013)
  • «Muhammas gulshani» (2014)
  • «Qalbim qal'asi» (2015)
  • «Qaldirg'ochlar qaytgan kun» (2017)
  • «Mangu qo'shig'imsan, Vatan» (2018)
  • «Jirafa nechun xafa?!» (2018)
  • «Vafo baytin bitaylik» (2019)
  • «Mardu maydonlar yurti» (2019)
  • «Ayiqning nabirasi» (2020)
  • «Bobomdan meros bog'lar» (2021)
  • «A'lochilar alifbosi» (2021)
  • «Buxoroni sog'inmay bo'lmas» (2022)
  • «Qatag'on o'pqoni» (2023)
Xato topdingizmi?

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Tuzatish taklif qilish