Davlatoxun Qodirov
O'zbek sozandasi, dutor ijrochisi, O'zbekiston SSR xizmat ko'rsatgan san'at arbobi (1944).
- Faoliyat:
- Musiqachi
- Hayot yillari:
- 1888 — 1953
- Tug'ilgan joy:
- Andijon, Andijon viloyati
Biografiya
Davlatoxun Qodirov (1888, Andijon — 1953, Toshkent) — o'zbek sozandasi, dutor ijrochisi. 1944-yilda unga O'zbekiston SSR xizmat ko'rsatgan san'at arbobi unvoni berilgan.
U Hamza rahbarligidagi O'lka sayyor siyosiy truppasida (1918—1920), M. Qoriyoqubov boshchiligidagi O'zbek davlat sayyor konsert-etnografik truppasida (1926) va 1929-yildan umrining oxirigacha O'zbekiston radioqo'mitasining xalq cholg'u asboblari orkestrida sozanda bo'lgan. Moskvadagi qishloq xo'jaligi ko'rgazmasida (1923) hamda 1937- va 1951-yillardagi O'zbek san'ati va adabiyoti dekadalarida qatnashgan.
Repertuarining asosini Toshkent—Farg'ona vohalari kuylari hamda mashhur o'zbek, tojik va uyg'ur xalq musiqasi namunalari tashkil etgan. «Rohat», «O'yin Bayoti», «O'yin Dugohi», «Bahor», «Saraxbori Oromijon», «Dilxiroj», «Chertmak», «Tanavor», «Farg'onacha» kuylarini mahorat bilan ijro etgan; uyg'ur maqom cholg'u yo'llarining ko'pini yoddan bilgan.
Mukofotlar
- O'zbekiston SSR san'at arbobi1944 · O'zbekiston SSR
Hayot yo'li
- 1918Hamza rahbarligidagi sayyor truppada
O'lka sayyor siyosiy truppasida sozanda (1918—1920).
- 1923Moskvadagi ko'rgazma
Qishloq xo'jaligi ko'rgazmasida qatnashgan.
- 1926Sayyor konsert-etnografik truppa
M. Qoriyoqubov rahbarligidagi truppada sozanda.
- 1929Radioqo'mita orkestrida
O'zbekiston radioqo'mitasi xalq cholg'u asboblari orkestrida sozanda (1929—1953).
- 1937O'zbek san'ati dekadasi
Moskvadagi dekadalarda qatnashgan (1937, 1951).
- 1944Unvon
O'zbekiston SSR xizmat ko'rsatgan san'at arbobi.
- 1953Vafoti
Toshkentda vafot etgan.