Asosiy qismga o'tish

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Faxriddin Sodiqov

Kompozitor · Toshkent

O'zbek sozandasi va bastakori, xizmat ko'rsatgan san'at arbobi (1964), maqom ansambli rahbari; 400 ga yaqin asar muallifi.

Faoliyat:
Kompozitor, Musiqachi
Hayot yillari:
13 iyun 1914(63 yosh) ♊ — 27 oktabr 1977
Tug'ilgan joy:
Toshkent

Biografiya

Faxriddin Sodiqov — o'zbek sozandasi va bastakori. U 1914-yil 13-iyunda tug'ilgan, 1977-yil 27-oktyabrda vafot etgan. 1931-yilda Toshkent musiqa texnikumini tugatgan, keyinroq Toshkent konservatoriyasida ta'lim olgan. O'zbek musiqa an'analarini M. Najmiddinov, Sh. Shoumarov, Abduqodir Ismoilov va boshqa ustozlardan o'rgangan.

1929–1938-yillarda Toshkent teatrlari va O'zbek davlat filarmoniyasida sozanda bo'lgan, 1939-yilda dutorchi qizjuvonlar ansamblining, 1942–1945-yillarda G. Rahimova boshchiligidagi front konsert brigadasining musiqa rahbari bo'lgan. O'zbekiston radiosi xalq cholg'ulari ansamblida changchi (1947–1953, 1957–1961), O'zbek estrada ansamblida sozanda (1953–1957) bo'lib ishlagan, 1961-yildan Maqom ansamblining musiqa rahbari edi. 1972-yildan Toshkent konservatoriyasida chang va dutor bo'yicha dars bergan.

Ijodida 400 ga yaqin asar bor: «Vatan marshi», «O'zbekcha vals», «Gulnor», «Ishq» kabi cholg'u kuylari, «Ey chehrasi tobonim», «Dutorim», «Zarafshon», «To'y muborak», «Gullar vodiysi», «O'zbekiston», «Shirmonoy», «Sulim bahor», «Xumor», «Laylomisansan» kabi qo'shiqlari mashhur. V. Giyenko bilan «Ota o'g'li», S. Hayitboyev bilan «Saltanat larzada» musiqali dramalarini, T. Toshmatov bilan «Yangi Toshkent» syuitasini yozgan. 1964-yilda unga O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi unvoni berilgan. Toshkent konservatoriyasida uning nomidagi sozandalar ansambli bor.

Ta'lim

Karyera

Mukofotlar

Hayot yo'li

  1. 1914
    Tug'ilishi

    13-iyunda tug'ilgan.

  2. 1929
    Sozanda sifatida

    Toshkent teatrlari va O'zbek davlat filarmoniyasida sozanda bo'lib ishlay boshlagan.

  3. 1931
    Musiqa texnikumi

    Toshkent musiqa texnikumini tugatgan.

  4. 1939
    Dutorchi qizjuvonlar ansambli

    Ansamblning musiqa rahbari bo'lgan.

  5. 1942
    Front konsert brigadasi

    1945-yilgacha G. Rahimova boshchiligidagi front konsert brigadasining musiqa rahbari bo'lgan.

  6. 1947
    Radio ansambli

    O'zbekiston radiosi xalq cholg'ulari ansamblida changchi bo'lgan.

  7. 1961
    Maqom ansambli

    Maqom ansamblining musiqa rahbari bo'lgan.

  8. 1964
    Xizmat ko'rsatgan san'at arbobi

    O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi unvonini olgan.

  9. 1972
    Konservatoriyada

    Toshkent konservatoriyasida chang va dutor ustozi bo'lgan.

  10. 1977
    Vafoti

    27-oktyabrda vafot etgan.

Xato topdingizmi?

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Tuzatish taklif qilish
Faxriddin Sodiqov biografiyasi (1914–1977) — Kompozitor | Shaxs.uz