Asosiy qismga o'tish

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Toymas Yoʻldoshboyev

Olim · Toshkent

Fizik olim, akademik, fizika-matematika fanlari doktori, Astronomiya instituti direktori (1983—1995).

Faoliyat:
Olim, Fizik
Hayot yillari:
30 iyul 1931(80 yosh) ♌ — 19 dekabr 2011
Tug'ilgan joy:
Toshkent
  • O'zbekiston fan arbobi

Biografiya

Toymas Sottiyevich Yoʻldoshboyev — fizik olim. 1931-yil 30-iyulda Toshkentda tugʻilgan. 1954-yilda Moskva universitetini tugatgan. Fizika-matematika fanlari doktori (1972), professor (1983), 1994-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi.

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Fizika-texnika va Yadro fizikasi institutlarida ilmiy xodim boʻlgan, Toshkent davlat universitetida ishlagan, Toshkent elektrotexnika aloqa instituti prorektori (1980—1983) va Astronomiya instituti direktori (1983—1995) boʻlgan.

Ilmiy ishlari yuqori energiyalar yadro fizikasi, astrofizika va kosmik nurlar fizikasiga oid. Noyob qurilma ishlab chiqib, pionlar va nuklonlarning yadro bilan oʻzaro taʼsiri xarakterida muhim farqni aniqlagan; «Pomir» xalqaro hamkorligidagi tajribalari ikkilamchi zarralarda azimutal korrelyasiyalar keskin oshishi effektining kashf etilishiga olib kelgan.

Mukofotlar

Hayot yo'li

  1. 1954
    Moskva universitetini tugatgan

    Moskva universitetini tugatgan

  2. 1972
    Fizika-matematika fanlari doktori

    Fizika-matematika fanlari doktori

  3. 1980—1983
    Toshkent elektrotexnika aloqa instituti prorektori

    Toshkent elektrotexnika aloqa instituti prorektori

  4. 1983—1995
    Astronomiya instituti direktori

    Astronomiya instituti direktori

  5. 1991
    Fan arbobi unvoni

    Fan arbobi unvoni

  6. 1994
    Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi

    Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi

Xato topdingizmi?

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Tuzatish taklif qilish