Vitaliy Denisov
O'zbekistonlik futbolchi, himoyachi; CSKA bilan UEFA kubogi (2005) va «Lokomotiv» (Moskva) bilan Rossiya chempioni (2017/18), 2013-yilda O'zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi.
Biografiya
Vitaliy Gennadyevich Denisov 1987-yil 23-fevralda Toshkentda tug'ilgan, o'zbekistonlik va rossiyalik futbolchi, himoyachi. «Paxtakor» bolalar-o'smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi, futbol ta'limini Moskvaning «Akademika» maktabida tugatib, CSKA ga taklif qilingan (2003). CSKA safida asosiy tarkibda o'ynamagan bo'lsa-da, 2004/05-yilgi UEFA kubogini qo'lga kiritgan jamoa a'zosi bo'lgan va birinchi o'zbekistonlik Yevropa kubogi sohibi bo'lgan; Rossiya kubogi (2004/05, 2005/06) sohibi. 2006-yilda Nijniy Novgorodning «Spartak» klubiga ijaraga berilgan.
2007-yilda Ukrainaning «Dnepr» klubiga o'tib, 2012/13-yil mavsumigacha 160 dan ortiq o'yin o'tkazgan. 2013-yil yanvarida Moskvaning «Lokomotiv» klubi bilan shartnoma imzoladi: Rossiya chempioni (2017/18), Rossiya kubogi sohibi (2014/15, 2016/17); 2013/14-yilgi mavsumda Rossiya Premyer-ligasining eng yaxshi chap himoyachisi deb topilgan, bir necha marta Premyer-liganing 33 ta eng yaxshi futbolchisi ro'yxatiga kiritilgan. 2018-yilda «Krilya Sovetov» (Samara), 2019-yilda «Rubin» (Qozon), 2020-yilda «Rotor» (Volgograd) va «Tom» (Tomsk), 2021-yilda «Baltika» (Kaliningrad) klublarida o'ynagan. 2022-yilda O'zbekistonga qaytib, «So'g'diyona», 2023-yilda AGMK, 2024-yil yanvaridan «Buxoro» klubida o'ynagan.
O'zbekiston terma jamoasida 2006-yil 22-fevralda Bangladeshga qarshi o'yinda (5:0) debyut qilgan; 2007 va 2015-yillardagi Osiyo kubogi turnirlarida to'rttadan o'yinda qatnashgan; 2019-yil yanvariga qadar terma jamoada 72 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan. 2013-yilda O'zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Karyera
- CSKA (Moskva) futbol klubiFutbolchi · 2003–2006
- AGMK futbol klubi (Olmaliq)Futbolchi · Toshkent viloyati · 2023–2023
- Sogʻdiyona futbol klubiFutbolchi · Jizzax · 2022–2022
- Rubin futbol klubi (Qozon)Futbolchi · 2019–2019
- Lokomotiv (Moskva) futbol klubiFutbolchi · 2013–2019
- Dnepr (Dnepropetrovsk) futbol klubiFutbolchi · 2007–2012
- Tom futbol klubi (Tomsk)Futbolchi · 2020–2021
Hayot yo'li
- 1987Toshkentda tug'ilgan
- 2003CSKA (Moskva)
2004/05: UEFA kubogi va Rossiya kubogi.
- 2006Terma jamoada debyut
22-fevralda Bangladeshga qarshi (5:0); «Spartak» (Nijniy Novgorod)ga ijara.
- 2007«Dnepr» (Ukraina)
2012/13-yilgacha 160 dan ortiq o'yin; Osiyo kubogi.
- 2013«Lokomotiv» (Moskva)
Yanvar; eng yaxshi chap himoyachi (2013/14); yilning eng yaxshi futbolchisi (O'zbekiston).
- 2015Osiyo kubogi; Rossiya kubogi
2014/15-yil kubogi.
- 2018Rossiya chempioni
2017/18 «Lokomotiv» bilan; avgustda «Krilya Sovetov»ga ijara.
- 2019«Rubin» (Qozon)
Bir yillik shartnoma; 2020-yilda bekor qilingan.
- 2020«Rotor»; «Tom»
- 2021«Baltika» (Kaliningrad)
- 2022O'zbekistonga qaytgan
«So'g'diyona», 2023-yil AGMK, 2024-yil yanvaridan «Buxoro».
Yutuqlar
- 🥇UEFA kubogiCSKA (Moskva) (2005)
- 🥇Rossiya kubogiCSKA (Moskva) (2005)
- 🥇Rossiya kubogiCSKA (Moskva) (2006)
- 🥇Rossiya kubogi«Lokomotiv» (Moskva) (2015)
- 🥇Rossiya kubogi«Lokomotiv» (Moskva) (2017)
- 🥇Rossiya chempioni«Lokomotiv» (Moskva), 2017/18 (2018)
- 🥇Yilning eng yaxshi futbolchisiO'zbekiston (2013)
