Biografiya
Vola taxallusi bilan ijod qilgan Eshonxo'ja Mirinoyatullo o'g'li 1770-yilda hozirgi Samarqand viloyatidagi Ishtixon tumanida tug'ilgan va 1842-yilda vafot etgan. Vozehning tazkirasida yozilishicha, u tug'ma ko'r bo'lgan.
Bu nuqsonga qaramay Vola turkiy va fors tillarida she'r yozgan. U XIX asrdagi Kattaqo'rg'on adabiy muhiti vakillari — Shavqiy, Nodim va Xiromiy bilan ijodiy aloqada bo'lgan.
Navoiy va Hofiz g'azallariga bog'lab tazmin va muxammaslar yaratgan. Uning she'rlarida ijtimoiy, falsafiy va ishqiy mavzular uchraydi: mehnatkash xalqning hayoti, turmush mashaqqatlari, qashshoqlikdan norozilik hamda ezgu orzular aks etgan.
Manbalarda Vola ikkita devon va bir necha bayoz tuzgani aytiladi, ammo ular hozircha topilmagan. Turli bayozlardagi uch ming misradan ortiq she'ri bizgacha yetib kelgan.
Hayot yo'li
- 1770Tug'ilgan
Ishtixon tumani, Samarqand viloyati.
- 1842Vafot etgan