Asosiy qismga o'tish

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Maryamoy Sattorova

Xonanda · 62 yosh · Qashqadaryo

Anʼanaviy ijrochi xonanda, Oʻzbekiston xalq artisti (2000).

Faoliyat:
Xonanda, Xalq qo'shiqchisi
Tug'ilgan:
14 may 1964(62 yosh) ♉
Tug'ilgan joy:
Shahrisabz, Qashqadaryo
  • O'zbekiston xalq artisti

Biografiya

Maryamoy Saidovna Sattorova — xonanda. U 1964-yil 14-mayda Shahrisabzda tugʻilgan. Musiqadan ilk saboqni E. Boymurodovdan olgan, 1990-yilda Toshkent konservatoriyasini anʼanaviy xonandalik ixtisosligi boʻyicha (F. Mamadaliyev sinfida) tugatgan.

1988–2000-yillarda Oʻzbek davlat filarmoniyasida, 2000-yildan «Oʻzbeknavo» birlashmasida yakka xonanda. Repertuarida «Chorgoh», «Feruz», «Samarqand ushshogʻi», «Suvora», «Saraxbori Dugoh» kabi mumtoz ashula yoʻllari, bastakorlar asarlari bor. Ijrolari ikki gramplastinka (1983, 1984) va uchta kompakt diskka yozilgan, ijodiga bagʻishlab televideniye ikki telefilm (1997, 2000) suratga olgan. Yevropa mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. 2000-yilda «Oʻzbekiston xalq artisti» unvoni berilgan.

Ta'lim

Karyera

Mukofotlar

Hayot yo'li

  1. 1964
    Tugʻilishi

    14-mayda Shahrisabzda tugʻilgan.

  2. 1988
    Filarmoniyada

    Oʻzbek davlat filarmoniyasida yakka xonanda boʻlib ishlay boshlagan.

  3. 1990
    Konservatoriyani tugatishi

    Toshkent konservatoriyasini anʼanaviy xonandalik ixtisosligi boʻyicha tugatgan.

  4. 2000
    Xalq artisti unvoni

    «Oʻzbekiston xalq artisti» unvoni berilgan; «Oʻzbeknavo» birlashmasiga yakka xonanda sifatida oʻtgan.

Xato topdingizmi?

Xato haqida xabar berish

Roʻyxatdan oʻtish shart emas. Tahririyat tekshirib, sahifani tuzatadi.

Tuzatish taklif qilish